O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 58-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasininig 2021-yil 4-maydagi 266-sonli qaroriga
va “O‘zdonmahsulot” AKning 2023-yil 19-sentabrda P-0739-8-son bilan ro‘yxatga olingan qo‘shimcha aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaroriga asosan
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:
1. Qo‘yidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasininig 2021-yil 4-maydagi
266-sonli qaroriga muvofiq “Samarqand-donmahsulotlari” AJ va “Ohangaron don” AJ ustav kapitalidagi “Turonbank” ATB ulushlari “O‘zdonmahsulot” AK
(keyingi oʻrinlarda – kompaniya)ning ustav kapitalini oshirish hisobiga o‘tkazilayotganligi munosabati bilan kompaniyaning nominal qiymati 1 000 so‘mdan bo‘lgan umumiy qiymati 239 014 000 so‘mlik 239 014 dona oddiy aksiyalarini chiqarish to‘g‘risida kompaniya yagona aksiyadorining 2023-yil 14-iyundagi 77/09-2-qr-son qarori qabul qilinganligi;
kompaniyaning qo‘shimcha aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qarori Iqtisodiyot va moliya vazirligidan 2023-yil 19-sentabrda P-0739-8-son bilan ro‘yxatga olinganligi;
kompaniya va Davaktiv agentligi o‘rtasida 2023-yil 18-oktabrda tuzilgan
312-877-son shartnomaga asosan kompaniya ustav kapitalidagi 239 014 000 so‘mlik aksiyalari Davaktiv agentligiga joylashtirilganligi;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasida jamiyatning ustaviga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kirishi belgilanganligi;
Qonunning 18-moddasiga muvofiq jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida ro‘yxatdan o‘tkazilishi, bunda jamiyat ustavida ko‘rsatilgan, e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerakligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kompaniyaning 2023-yil 19-sentabrda R0739-8-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar chiqariluvi to‘liq joylashtirilganligi munosabati bilan uning yangi tahrirdagi ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kompaniya boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Sh.Uzakov belgilangan tartibda kompaniyaning yangi tahrirdagi ustavini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlansin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari N. Xusanov zimmasiga yuklansin.