Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o’tkazilishi to’g’risida
AGROBANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Agrobank” ATB Kuzatuv kengashining 2026-yil 28-avgustdagi Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlis qaroriga asosan 2026-yil 24-sentyabr kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Botir Zokirov ko‘chasi, 2a uy manzili boyicha joylashgan bank Bosh ofisi binosida aksiyadorlarningnavbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
- 1.Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- 2.Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
- 3.Bankning Ustaviga, “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tо‘g‘risida”gi va “Kuzatuv kengashi tо‘g‘risida”gi Nizomlariga kiritilayotgan о‘zgartirish va qо‘shimchalarni tasdiqlash.
- 4.Bank Kuzatuv kengash a’zolarini saylash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2026-yil 18-sentyabr.
Umumiy yig‘ilishga qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma’lumot va hujjatlar bilan bank Bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 16:00 gacha tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (71) 202-80-08, ichki raqam 11307, 11931)
“Agrobank” ATB Kuzutuv kengashi
Tashkilot haqida ma'lumot
E'lon nomi
"Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki
Qisqa nomi:
"Agrobank" ATB
STIR:
207243390
Manzil:
100011,Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi 2a-uy.