Объявление о проведении внеочередного общего собрания акционеров

"Asakabank" Aksiyadorlik jamiyati
E'lon qilingan sana28.08.2026 17:11
Yig'ilish sanasi18.09.2026, 15:00
Manzil:Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Yangi Toshkent ko‘chasi, Yangi Toshkent tor ko‘chasi, 1-uy.

“Asakabank” AJ Kengashining 2026-yil 27-avgustdagiqaroriga muvofiq, Bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2026-yil 18-sentyabr kuni soat 15:00da “Asakabank” AJ bosh ofisi binosi (manzil: Toshkent sh., Tashkent city, AsakaTower)da quyidagi kun tartibi asosida boʻlib oʻtadi:

KUN TARTIBI

  • 1.“Asakabank” AJning 2026-yil uchun qayta ko‘rib chiqilgan Biznes-rejasini tasdiqlash;
  • 2.“Asakabank” AJ Boshqaruvi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash;
  • 3.“Asakabank” AJ Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash;
  • 4.“Asakabank” AJ Kengashi a’zolarini saylash.

“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida Bank aksiyadorlariga xabar berish uchun tuziladigan reyestr sanasi – 2026-yil 27-avgust.

“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qatnashuvchi Bank aksiyadorlari reyestrini tuzish sanasi – 2026-yil 14-sentyabr.

“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibidagi materiallar bilan, Toshkent sh., Tashkent city, AsakaTowerda joylashgan Bankning bosh ofisi binosida tanishish mumkin: Tel. (78) 147-65-65 (1151, 1131), Korporativ munosabatlar xizmati.

Tashkilot haqida ma'lumot

E'lon nomi

"Asakabank" Aksiyadorlik jamiyati

Qisqa nomi:

Asakabank

STIR:

201589828

Manzil:

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Yangi Toshkent ko‘chasi, Yangi Toshkent tor ko‘chasi, 1-uy.