O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o'tkazish
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI
AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Sizga bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2026-yil 30-iyun kuni soat 16:00 da Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Xalq banki markaziy apparati ma’muriy binosining 14-qavatida bevosita o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lum qiladi.
Yig‘ilish kun tаrtibi:
1. Xalq banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining reglamenti va Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2.Xalq banki Kuzatuv kengashining 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini eshitish.
3. Xalq bankining 2025-yil yakunlari bo‘yicha biznes-rejasi ijrosi va umumiy faoliyati yuzasidan Boshqaruv hisobotini ko‘rib chiqish.
4. Xalq bankining 2023-2025-yillar uchun rivojlanish strategiyasi ijrosini ko‘rib chiqish hamda 2026-2028-yillar uchun rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
5. Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash masalasini ko‘rib chiqish.
6. Xalq banki tomonidan «umidsiz» aktivlarni undirish yuzasidan qo‘llanilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotni eshitish, shuningdek, ayrim «umidsiz» aktivlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqish haqida.
7. Tashqi auditorlik tashkilotining 2025-yil yakunlari bo‘yicha auditorlik xulosasini ko‘rib chiqish hamda bankning yillik hisobotini tasdiqlash.
8. Bankning 2025-yilgi faoliyati yakuni bo‘yicha foydasi (yoki zarari)ni taqsimlash (yoki taqsimlamaslik) masalasini ko‘rib chiqish.
9. Bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
10. Bankning 2026-yilgi faoliyati yakunlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha auditorlik tashkilotini tanlash, uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash hamda u bilan shartnoma tuzish masalasini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2026-yil 5-iyun.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2026-yil 24-iyun.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Xalq banki markaziy apparatining 14 qavatli ma’muriy binosi manzilida tanishish mumkin.
Bankning pochta manzili va elektron pochta manzili: 100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy, info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998 78-150-88-11 (ichki 10126).
Bank Kuzatuv kengashi
Tashkilot haqida ma'lumot
E'lon nomi
"O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq Banki"
Qisqa nomi:
Xalq Banki
STIR:
207215726
Manzil:
100096, г. Ташкент, Чиланзарский район, улица Катартал, 46.