Корпоратив ахборот ягона портали
МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТ ХАЛҚАРО СТАНДАРТЛАРГА МУВОФИҚ

Auditning xalqaro standartlari (AXS) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) qo‘llash

Auditorlik faoliyatining rivojlanishi va buxgalteriya hisobi tizimi takomillashtirishning hozirgi bosqichi milliy va xalqaro standartlarning o‘zaro muvofiqligi masalalarini oldingi o‘ringa chiqardi va ularning dolzarbligi ushbu ikkita standartlar tizimining uzluksiz takomillashib borishi, hamda O‘zbekistonda AXS va MHXSni qo‘llash sharoitida doimiy ravishda saqlanib qolmoqda.

Ta‘kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni bilan auditning xalqaro standartlarini qo‘llash uchun qulay sharoit yaratilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va uni Auditning xalqaro standartlari hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazishi belgilangan.

Bunda, AXS va MHXSni joriy etishda auditorlar va buxgalterlarning respublika professional jamoat birlashmalari muhim o‘rinni egallaydi. AXS va MHXS matnlarini ingliz tilidan davlat tiliga tarjima qilish bo‘yicha tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida AXS va MHXS matnlarinitarjima qilish mas‘uliyati O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasiga yuklatilgan. O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotga asosan MHXS fondi AXS va MHXS matnlarining o‘zbek tiliga tarjimasini tan olinganligini o‘z veb-saytida joylashtirdi (http://www.ifac.org).

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sizning e‘tiboringizga O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan AXS va MHXSning davlat tiliga tarjima qilingan matnining elektron shaklini (nusxasini) havola qiladi (100084, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li ko‘chasi, 1 A-uy naaa.uz@mail.ru, tel: 235 46 78, 234 18 90).

23.01.2016
   6343    
   

Воқеялар

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як
Умумий статистика
  • Жами эмитентлар сони
    622
  • Ахборот ошкор қилган эмитентлар сони
    725
  • Жами ошкор қилинган ахборотлар сони
    38989
  • Муҳим фактлар
    28738
  • Эмиссия рисолалари
    159
  • Чорак ҳисоботлар
    7871
  • Йиллик ҳисоботлар
    2221
  • Уставлар
    1263