Дата раскрытия: 22.09.2022
Дата опубликования модератором*: 22.09.2022
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston
Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuvkengashi, 2022-yil 14-oktabr kuni
soat 10:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan
bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy
yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarqiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
- 1.Bankning 2021-yil
yakunlari bo‘yicha tashqi auditorlik tashkilotining yillik hisobotini eshitish
va yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini tasdiqlash;
- 2.2021-yil
faoliyati yakuni bo‘yicha bank foydasi (yoki zarari)ni taqsimlash;
- 3.O‘zbekiston
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xatini va 2021 moliyaviy
yil zararlarni vujudga kelish sabablari hamda bankni sog‘lomlashtirish va
yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan choralarni ko‘rib chiqish;
- 4.Xalq bankining
Taftish komissiyasi faoliyatini tugatilishini tasdiqlash va “O‘zbekiston
Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi
Nizomni bekor qilish;
- 5.Bankning yangi tahrirdagi
tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
- 6.“O‘zbekiston
Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Ustaviga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni tasdiqlash;
- 7.Yangi tahrirdagi
“O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Aksiyadorlarining
umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash;
- 8.“O‘zbekiston
Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi
Nizomga kiritilayotgan 1-sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni tasdiqlash;
- 9.“O‘zbekiston
Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomga
kiritilayotgan 1-sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni tasdiqlash;
- 10.Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi
aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida Ichki nazorat to‘g‘risida”gi Nizomni
tasdiqlash;
- 11.Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi
aksiyadorlik tijorat Xalq bankida samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari
(KPI)ni qo‘llash tartibi”ni tasdiqlash;
- 12.Xalq bankining 2022-yil faoliyati bo‘yicha
o‘rnatilgan samaradorlikni baholash ko‘rsatkichi (KPI)lariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlarni tasdiqlash;
- 13.Yangi tahrirdagi
“O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Kuzatuv kengashi
a’zolariga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar to‘g‘risida”gi Nizomni
tasdiqlash;
- 14.“O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq
banki Kuzatuv kengashi va uning tarkibidagi qo‘mitalar Raisi va a’zolari
faoliyatini baholash tartibi”ni tasdiqlash;
- 15.Bank Boshqaruviga to‘lanadigan haq va (yoki)
kompensatsiyalarning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
- 16.Bankda 2022-yil ish faoliyati yakunlari bo‘yicha
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, ushbu
tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u
bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- 17.Bankning ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
- 18.Bankning “Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi
qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning matni”ni tasdiqlash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy
yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: Bank Kuzatuv kengashi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi
o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlar reestrini
shakllantirish sanasi: 2022-yil
20-sentabr.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida
qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil
10-oktabr.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy
yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi manzilda
tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy,
bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon:
78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi