71 203-00-50
"ASAKABANK" AKSIYADORLIK JAMIYATI

“ASAKABANK” AJ AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIGʻILISHI
Дата раскрытия: 16.08.2022   
Дата опубликования модератором*: 16.08.2022   

“Asakabank” AJning aksiyadori O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi 2022 yil 7 sentyabr soat 15:00da “Asakabank” AJ bosh ofisi binosi (manzil: Toshkent sh. Nukus koʻchasi, 67-uy)da “Asakabank” AJ aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi quyidagi kun tartibi asosida boʻlib oʻtishini ma’lum qiladi.

Kun tartibi:

1. “Asakabank” AJ Kengashi aʼzolarini saylash;

2. “Asakabank” AJda 2022 moliya yili boʻyicha Bankda tashqi auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun tashqi auditor tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp xaq miqdorini belgilash;

3. “Asakabank” AJ Ichki audit departamenti faoliyatini tashqi baholashdan oʻtkazish uchun tashqi auditor tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp xaq miqdorini belgilash;

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Asakabank” AJning tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirish va qo’shimchalar kiritishni tasdiqlash;

5. “Asakabank” AJ Komplayens nazorati departamenti toʻgʻrisidagi Nizomga hamda Komplayens nazorati departamentining tashkiliy tuzilmasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash;

6. “Asakabank” AJ 2022-yil uchun risk appetiti bayonotiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash;

7. “Asaka Trans Leasing" MCHJ LKning 2021-yil uchun toʻlanilishi lozim boʻlgan dividend summasini Ustav jamgʻarmasidagi bankning ulushini oshirishga yoʻnaltirish.

8. “Asakabank” AJ Boshqaruvining kafolat hisob shartnomasi (GRO) boʻyicha qoplanmagan akkreditiv liniyasi limitini oshirirish, shuningdek ushbu shartnomasiing amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha 2022-yil 12-avgustdagi 0812/01-sonli qarorini tasdiqlash.

“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida Bank aksiyadorlariga xabar berish uchun tuziladigan reyestr sanasi – 2022-yil 15 avgust.

“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qatnashuvchi Bank aksiyadorlari reyestrini tuzish sanasi – 2022-yil 30 avgust.

“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibidagi materiallar bilan, 100015, Toshkent shahri, Nukus koʻchasi 67 uyda joylashgan Bankning bosh ofisi binosida tanishish mumkin: Tel. (78) 147-65-65 (11-32), Korporativ munosabatlar xizmati.

“Asakabank” AJning aksiyadori O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi

16.08.2022

Эмитент сайтидаги эълонга ҳавола

Порталда жойлаштирилиган маълумотларнинг ҳақиқийлиги ва тўлалигига эмитентнинг ўзи жавобгар

   272    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)

Воқеялар

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як
Умумий статистика
  • Жами эмитентлар сони
    622
  • Ахборот ошкор қилган эмитентлар сони
    725
  • Жами ошкор қилинган ахборотлар сони
    38989
  • Муҳим фактлар
    28738
  • Эмиссия рисолалари
    159
  • Чорак ҳисоботлар
    7871
  • Йиллик ҳисоботлар
    2221
  • Уставлар
    1263