1. Jamiyat kuzatuv kengashining 2026-yil 18-noyabrdagi Jamiyat hamda Ispaniyaning “Patentes Talgo, S.L.U.” kompaniyasi oʻrtasida 2025-yil 12-dekabrda tuzilgan EXP-72-sonli shartnomaga 2026-yil 1-oktyabrdagi 2-sonli qoʻshimcha kelishuvni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish masalasi yuzasidan qabul qilingan 15-son bayoni ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Jamiyat hamda Ispaniyaning “Patentes Talgo, S.L.U.” kompaniyasi oʻrtasida 2025-yil 12-dekabrda tuzilgan EXP-72-sonli shartnomaga 2026-yil 1-oktyabrdagi 2-sonli qoʻshimcha kelishuvni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirishga rozilik berilsin.
Bunda, shartnoma (kontrakt) larni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligi va ularning ijrosi bo‘yicha pul mablag‘larining jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, maqsadli ishlatilishi bo‘yicha Jamiyat raxbari shaxsan mas’ul etib belgilansin.
3. Mazkur qoʻshimcha kelishuv doirasida 2026-yil uchun texnik xizmat koʻrsatish narxlarini shartnomaning 3-ilovasida belgilangan tartibda 3,39 foizga indeksatsiya qilish va indeksatsiya qilingan narxlarni 2026-yil 1-yanvardan qoʻllash nazarda tutilsin.
4. Indeksatsiya natijasida yuzaga keladigan qoʻshimcha xarajatlarning QQS bilan 293 420,09 yevro miqdoridagi taxminiy qiymati inobatga olinsin. Yakuniy hisob-kitoblar, shu jumladan noyabr va dekabr oylari boʻyicha, elektropoyezdlarning amaldagi yurish masofasi va shartnoma shartlaridan kelib chiqib aniqlashtirilsin.
5. Jamiyat bosh direktori D.X. Xojiakbarov mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli ishlarning bajarilishini ta’minlasin.