1. Jamiyat kuzatuv kengashining 2026-yil 18-noyabrdagi “Afrosiyob” elektropoyezdlarini R-turdagi taʼmirlash uchun zarur asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni xarid qilish maqsadida Ispaniyaning “Patentes Talgo, S.L.U.” kompaniyasi bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzish masalasi yuzasidan qabul qilingan 14-son bayoni ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Jamiyat tomonidan “Afrosiyob” elektropoyezdlarini R-turdagi taʼmirlash uchun zarur asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni xarid qilish maqsadida Ispaniyaning “Patentes Talgo, S.L.U.” kompaniyasi bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzilishiga rozilik berilsin.
Bunda, shartnoma (kontrakt) larni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligi va ularning ijrosi bo‘yicha pul mablag‘larining jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, maqsadli ishlatilishi bo‘yicha Jamiyat raxbari shaxsan mas’ul etib belgilansin.
3. “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektropoyezdlarini R-turdagi taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun xarid qilinishi rejalashtirilgan 28 ta pozitsiyadan iborat asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarning roʻyxati va miqdori mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tasdiqlansin.
4. Jamiyat bosh direktori D.X. Xojiakbarov, 28 ta pozitsiyaning texnik spetsifikatsiyasi, narxi, yetkazib berish grafigi, moliyalashtirish manbalari va xarid tartibi qonuniyligini tekshirish; shartnoma (qoʻshimcha kelishuv)ning iqtisodiy asoslanganligini, moliyalashtirish manbalarini va zarur korporativ kelishuvlarni taʼminlasin.
5. Jamiyat bosh direktori D.X. Xojiakbarov mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli ishlarning bajarilishini ta’minlasin.