1. Jamiyat kuzatuv kengashining 2026-yil 18-noyabrdagi “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi 6 ta elektropoyezdda R-turdagi taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun “Patentes Talgo, S.L.U.” kompaniyasi bilan shartnoma tuzish masalasi yuzasidan qabul qilingan 13-son bayoni ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Jamiyat tomonidan 6 ta “Afrosiyob” elektropoyezdida R-turdagi taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun Ispaniyaning “Patentes Talgo, S.L.U.” kompaniyasi bilan o‘rnarilgan tartibda shartnoma tuzilishiga rozilik berilsin.
Bunda, shartnoma (kontrakt) larni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligi va ularning ijrosi bo‘yicha pul mablag‘larining jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, maqsadli ishlatilishi bo‘yicha Jamiyat raxbari shaxsan mas’ul etib belgilansin.
3. Shartnomada yillik indeksatsiya har bir elektropoyezd uchun taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan yildan kelib chiqib alohida hisoblanishi, shuningdek, soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha muzokaralarda kelishilgan shartlar aniq aks ettirilishi taʼminlansin.
4. Jamiyat bosh direktori D.X. Xojiakbarov mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli ishlarning bajarilishini ta’minlasin.