1. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari Jurayev Farruxjon Nirmaxamatovich, Pulatova Feruza Xurshedovna va Ikramova Zulfiya Tulkinovnaning o‘z vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi arizalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari Jurayev Farruxjon Nirmaxamatovich, Pulatova Feruza Xurshedovna va Ikramova Zulfiya Tulkinovnaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilsin va ular Jamiyat Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqarilsin.
3. Mirkurbonova Malika Xamidzoda, Yusupov Davronbek Ravshanovich va Ergashev Sardor Umar o’g’li Jamiyat Kuzatuv kengashining amaldagi tarkibiga 3 (uch) yil muddatga saylansin.
4. Yig‘ilish raisiga Jamiyat Kuzatuv kengashining yangi a’zolari Mirkurbonova Malika Xamidzoda, Yusupov Davronbek Ravshanovich va Ergashev Sardor Umar o'g'li bilan qonunchilik va Jamiyatning ichki hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish vakolati berilsin.
5. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda tegishli axborotni Korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz) va Jamiyatning rasmiy veb-saytida aks ettirish Jamiyat Bosh direktori X. Hidoyatov zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash Jamiyat Bosh direktori X. Hidoyatov zimmasiga yuklatilsin.