O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 88-moddasiga muvofiq, Bankning affillangan shaxslari bilan navbatdagi yillik Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda kundalik xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida quyidagi bitimlarni tuzishga ruxsat berilsin:
- Moliyaviy va g‘aznachilik operatsiyalari: banklararo depozit operatsiyalari va REPO operatsiyalari, xorijiy valyutani sotib olish va sotish (FX), qimmatbaho metallarni (oltin va kumush) sotib olish va sotish, tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) bo‘yicha mijozlar arizalariga asosan konversion operatsiyalar, davlat va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish, valyuta oldi-sotdi operatsiyalari (TOD, TOM, SPOT), depozitlarni jalb qilish, Nostro va Loro korrespondent hisobvaraqlarini ochish va yuritish, fyuchers, forvard, opsion, svop hamda boshqa hosilaviy moliyaviy instrumentlar (derivativlar) bo‘yicha bitimlar;
- To‘lov tizimlari bo‘yicha bitimlar: “SQB BILL” va boshqa tegishli to‘lov tizimlari doirasida xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari;
- Kredit va depozit operatsiyalari: bosh banklararo bitimlar, kredit shartnomalari, depozit bitimlari;
- Bank xizmatlari: hisob-kitob-kassa xizmati, bank kafolatlarini taqdim etish, kreditlash va loyihaviy moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar.