1. AT “Aloqabank”da “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda islomiy moliya standartlariga muvofiq islomiy bank faoliyati yo‘lga qo‘yilsin, AT “Aloqabank”da yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalariga mas’ul bo‘lgan Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin, shu munosabat bilan bankning tashkiliy tuzilmasi yangi tahrirda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Bank Boshqaruvi raisi (K.Irisbekova) zimmasiga mazkur qaror ijrosini, shu jumladan yangi tashkiliy tuzilmaga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlash hamda tuzilma o‘zgarishi munosabati bilan mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
3. Bank Boshqaruvi raisi (K.Irisbekova) zimmasiga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20¹-moddasida hamda “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi Nizomning 29¹-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.