| 1 | 1. Quyidagilar:
Jamiyatning 2025-yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha hisobotlar haqqoniyligi yuzasidan “PRIME AUDIT ADVISORS” MCHJ auditorlik tashkilotidan 2026-yil 8-iyunda ijobiy xulosa olinganligi;
Jamiyatning 2025-yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari, jamiyat kuzatuv kengashining 2026-yil 10-iyundagi 3-son yigʻilish majlisida koʻrib chiqilganligi va maʼqullanganligi;
Jamiyat komplayens nazorat xizmatining 2025-yil yakunlari yuzasidan hisoboti;
Jamiyatning 2025-yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari hamda biznes-reja koʻrsatkichlarining bajarilishi yuzasidan ijroiya organining hisoboti;
Jamiyat asosiy vositalar boʻyicha hisblangan amortizatsiya harajatlari yuqori miqdorda shakllanganligi, rejalashtirilgan suv realizatsiya hajmi hisoblagich oʻrnatilgandan keyin kamayishi hisobiga hamda elektr energiya narxining oshgani sababli 2025-yil moliya xoʻjalik faoliyati yakunini 59 686,8 mln soʻm zarar bilan yakunlaganligi;
Jamiyatning 2025-yil uchun moʻljallangan biznes rejasi, jamiyat yagona aksiyadori tomonidan 2025-yil 28-martda 9-son qaror bilan tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. | 100 | 21 759 224 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 2 | 2. Jamiyatning amaldagi direktori D. Qoʻldashevning 2025-yilgi faoliyati qoniqarsiz deb baholansin va jamiyat 2025-yil yakunlarini zarar bilan yakunlagani sababli qatʻiy ogohlantirilsin.
Shu bilan bir qatorda, jamiyat 2025-yilni zarar bilan yakunlanishida sovuqqonlik bilan faoliyat yuritgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllasin va natijasi boʻyicha “Oʻzsuvtaʼminot” AJga maʼlumot kiritsin. | 100 | 21 759 224 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 3 | 3. Jamiyatning 2026-yil moliya - xoʻjalik faoliyati yakunlarini tekshirish yuzasidan auditorlik tashkilotini jalb qilish boʻyicha davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun talablariga asosan tanlov eʼlon qilinsin va tanlov natijasi boʻyicha tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdorini belgilash maqsadida 2027-yil 1-iyunga qadar boshqaruv organlariga koʻrib chiqish uchun kiritilsin. | 100 | 21 759 224 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 4 | 4. Jamiyatning amaldagi direktori D. Qoʻldashev bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddasi hamda mehnat qonunchiligida belgilangan tartibga asosan mehnat shartnomasi bir (1) yil muddatga uzaytirilsin. | 100 | 21 759 224 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 5 | 5. Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi Raxmatullayev Xurshid Xotamdjanovichning vakolati muddatidan oldin tugatilsin, shuningdek, uning oʻrniga “Oʻzsuvtaʼminot” AJ ishlab chiqarish-texnik boshqarmasi boshligʻi Zayniddinov Zuxriddin Sharafiddinovich kuzatuv kengashi tarkibiga 3 yil muddatga tayinlansin. Shuningdek, qolgan kuzatuv kengashi aʻzolarining vakolati 3 yil muddatga uzaytirilsin. | 100 | 21 759 224 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 6 | 6.Jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 100 | 21 759 224 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 7 | 7. Jamiyat direktori D. Qoʻldashev:
- Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini yaxshilash, 2026-yilga moʻljallagan biznes reja koʻrsatkichlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini;
- Auditorlik tashkiloti tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishi hamda bu boʻyicha qilingan ishlar yuzasidan maʻlumotlarni yagona aksiyadorning kun tartibiga kiritilishini;
- Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati yakuni, jumladan biznes -rejasining asosiy koʻrsatkichlari bajarilishi yuzasidan hisobotlarni har chorak yakunlarida jamiyat kuzatuv kengashiga taqdim etib borilishini taʼminlasin. | 100 | 21 759 224 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 8 | 8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari T. Xaydarov zimmasiga yuklatilsin. | 100 | 21 759 224 | 0 | 0 | 0 | 0 |