1. "ANOR SUG‘URTA" AJning egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi aksiyalarini birinchi chiqarilishning va joylashtirishning tartibi quyidagicha tasdiqlansin:
- “ANOR SUG‘URTA” AJning 50 000 000 000 (ellik milliard) so‘mlik egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilsin, xar bir aksiyaning nominal qiymati 1 000,0 (bir ming) so‘m miqdorida belgilansin;
- ushbu aksiyalar chiqariluvi yopiq obuna yo’li bilan Jamiyat yagona tasischi "ANOR BANK" AJ nomiga joylashtiriladi;
- chiqarilayotgan aksiyalarning har bir donasini joylashtirish narhi 1 000 (bir ming) so‘m miqdorida belgilansin;
- ushbu aksiyalar chiqariluvini yopiq obuna yo’li bilan jamiyat yagona tasischisi "ANOR BANK" AJ nomiga, u tomonidan jamiyat ustav kapitalini shakllantirishga yo’naltiriladigan pul mablag’lari hisobidan qonunchililkda belgilangan tartibda uyushmagan birjadan tashqari bozorda fuqarolik – huquqiy bitimlar tuzish yo’li bilan joylashtiriladi, bunda anderayterlarni jalb qilish ko’zda tutilmagan;
- ushbu aksiyalar chiqariluvini joylashtirish muddati - qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida aksiyalarning chiqariluvini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan kundan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kalendar kundan kechiktirmay;
- aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – Aksiyalar joylashtirish aksiyalar chiqariluvi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlanadi;
- aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – Mazkur chiqarilishning so’nggi aksiyasi joylashtirilgan kun. Biroq aksiyalarni joylashtirishni tugagan sanasi, mazkur chiqarilish davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh kun) kalendar kundan oshmasligi lozim;
- ushbu chiqariluvdagi aksiyalarni sotib olish pul mablag‘larini to‘lash orqali O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi, aksiyalarni sotib olish pulsiz vositalar orqali ko‘zda tutilmagan;
- ushbu chiqariluvdagi aksiyalar 60% dan kam miqdorda joylashtirilganda, chiqariluv amalga oshmagan deb hisoblanadi;
- Ushbu aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki xaqiqiy emas deb topilgan taqdirda to’lov sifatida qabul qilingan pul mablag’lari qonunchilikda belgilangan tartibda 10 (o’n) kun Ichida qaytariladi.
2. “ANOR SUG‘URTA” AJning birlamchi aksiyalari chiqariluvi qarori ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. “ANOR SUG‘URTA” AJning birlamchi aksiyalari chiqariluvini O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni topshirishni jamiyat Bosh direktor v.v.b. J.Masudovga yuklatilsin.