1. Bank Kuzatuv kengashi a’zolari Xusanov Nodirbek Djummaevich, Yusupxodjaev Mansurxodja Asadovich, R. Engin AKÇAKOCA va Mantas Sukeviciuslar Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqarilsin hamda Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari R. Engin AKÇAKOCA va Mantas Sukevicius bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinsin.
2. Bank Kuzatuv kengashi a’zolari quyidagi tarkibda uch yil muddatga saylansin:
Norqulov Ilhom Ibragimovich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari;
Xusanov Timur Nuritdinovich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori;
Ziyadullayev Behruz Abduvahob o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi;
Ibraximjanova Zumrat Amanbaevna - O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, boshqarma boshlig‘i;
Xodjaev Saidkamol Saidkarimovich - Mustaqil a’zo;
Xoshimov Bexzod Alisher o‘g‘li - Mustaqil a’zo;
Bruno Balvanera - Mustaqil a’zo;
Richard Ogdon - Mustaqil a’zo;
David Nigel Cleave - Mustaqil a’zo.
3. Bank Kuzatuv kengashiga saylangan yangi a’zolar Richard Ogdon,
David Cleave, B.A.Xoshimov hamda B.A.Ziyadullayevlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3252-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgandan so‘ng o‘z xizmat vazifasiga kirishishi belgilansin.
4. Bank Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzolariga oʻz vazifalarini bajarganlik davri uchun haq toʻlash ular bilan tuziladigan shartnomalarga va bankning ichki qoidalariga asosan amalga oshirilsin.
5. Bank Kuzatuv kengashi raisiga bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiga saylangan Richard Ogdon, David Cleave va B.A.Xoshimovlar bilan tuziladigan shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va imzolash vazifasi yuklatilsin.