1.1. “ANOR BANK” AJ ustav kapitali har bir aksiyaning nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan, umumiy qiymati 50 000 000 000 (ellik milliard) so‘m bo‘lgan 50 000 000 (ellik million) dona oddiy egasining nomi yozilgan hujjatsiz aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirilsin.
1.2. Aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishining asosiy parametrlari tasdiqlansin:
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining usuli (ochiq yoki yopiq obuna):
Mazkur chiqarilishdagi 50 000 000 (ellik million) dona oddiy aksiyalar yopiq obuna yo’li bilan quyidagi aksiyadorlar o’rtasida xususiy joylashtiriladi:
- O’zbekiston Respublikasi rezidenti, jismoniy shaxs OLIMOV KAXRAMONJON ANVAROVICHga – 25 000 000 (yigirma besh million) dona;
- O’zbekiston Respublikasi norezidenti, yuridik shaxs “Bekamin B.V.” kompaniyasiga - 25 000 000 (yigirma besh million) dona.
- qo‘shimcha chiqarilgan bir dona aksiyani joylashtirish narxi 1 000 (bir ming) so‘m, ya’ni nominal qiymatida, shuningdek imtiyozli huquq egalariga joylashtirilsin;
- Aksiyalar joylashtirilishi birjadan tashqari uyushmagan bozorda amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish yo‘li bilan, shunda ushbu aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish kuniga, ya’ni 2026-yil 16-iyul xolatiga, shakllangan reyestrida qayd etilgan aksiyadorlarga aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqini berish yo‘li bilan amalga oshirilsin;
- ushbu chiqarilishdagi bank aksiyalarini joylashtirishda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari (anderrayterlar) jalb qilinmasin;
- imtiyozli huquq qo‘llanilganidan so‘ng joylashtirilmagan qolgan aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi rezidenti, jismoniy shaxs Olimov Kaxramonjon Anvarovich hamda O‘zbekiston Respublikasi norezidenti, yuridik shaxs “Bekamin B.V.” kompaniyasi o‘rtasida xususiy joylashtirish yo‘li bilan joylashtirilsin;
- aksiyalarni joylashtirish muddati – qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay;
- aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugagan kundan keyingi kun;
- aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – oxirgi aksiya joylashtirilgan sana, biroq aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran bir yildan kechiktirmay;
- qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni sotib olishga bo‘lgan imtiyozli huquq va uni amalga oshirish tartibi qonunchilik hamda aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq amalga oshirilsin;
- Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar uchun to'lovlar O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. Norezident investorlar tomonidan to’lovlar amaldagi valyuta qonunchiligiga muvofiq xorijiy valyutada amalga oshirilishi mumkin, bunda mablag’lar to’lov amalga oshirilgan sanadagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning rasmiy valyuta kursi bo’yicha belgilangan tartibda so’mga konvertatsiya qilinadi.
- Aksiyalar uchun to‘lov investitsiya vositachisi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyador va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirilsin. Aksiyalarni sotib olish pulsiz vositalar orqali amalga oshirilishi nazarda tutilmasin. To‘lovlar naqd yoki naqdsiz pul mablag‘lari bilan amalga oshirilsin;
- mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlar 60 foizdan kam miqdorda joylashtirilgan taqdirda chiqarilish amalga oshmagan deb hisoblansin;
- aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda axborotni oshkor qilish va aksiyalar uchun olingan mablag‘larni qaytarish tartibi aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilsin.
1.3. Ushbu chiqarilishdagi joylashtirilayotgan aksiyalarni olishga bo‘lgan imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq tasdiqlansin:
- 2026-yil 16-iyul holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan bankning oddiy aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega;
- qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni sotib olishning imtiyozli huquqi aksiyadorlar tomonidan ularga tegishli bank aksiyalarining soniga, soniga va turiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi;
- imtiyozli huquqning amal qilish muddati ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ushbu chiqarilishdagi joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma e’lon qilingan sanadan boshlab 10 kalendar kunni tashkil etadi. Xabarnoma joylashtiriladigan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli bo‘lgan aksiyalar sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning ushbu huquqini amalga oshirish muddati va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak;
- imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olish to‘g‘risida jamiyatga aksiyadorning nomi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), u oladigan aksiyalar soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va to‘lov to‘g‘risidagi hujjatni yuborish yo‘li bilan o‘zining imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza imtiyozli huquqning amal qilish muddati mobaynida bankka yuborilishi kerak;
- imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar u tugagunga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish yoki undan foydalanishni rad etish to‘g‘risida yozma arizalar olingan bo‘lsa, tugatiladi;
- imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- imtiyozli huquq qo‘llanilganidan keyin qolgan aksiyalar quyidagi tartibda joylashtiriladi: O’zbekiston Respublikasi rezidenti, jismoniy shaxs OLIMOV KAXRAMONJON ANVAROVICHga – 25 000 000 (yigirma besh million) dona va O’zbekiston Respublikasi norezidenti, yuridik shaxs “Bekamin B.V.” kompaniyasiga - 25 000 000 (yigirma besh million) dona.
1.4. “ANOR BANK” AJning har bir aksiyasining nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan, umumiy qiymati 50 000 000 000 (ellik milliard) so‘m bo‘lgan 50 000 000 (ellik million) dona oddiy egasining nomi yozilgan hujjatsiz aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qaror ilovaga muvofiq tasdiqlansin.