“Turonbank” ATBning qoʻshimcha (29-emissiya) aksiyalarini joylashtirish tartibi va shartlari quyidagicha tasdiqlansin:
- Ushbu chiqarilayotgan aksiyalar yopiq obuna yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga joylashtiriladi. Bunda, bankning ovoz beruvchi aksiyalar egasi boʻlgan aksiyadorlari chiqarilayotgan aksiyalarni oʻzlariga tegishli boʻlgan shu turdagi aksiyalarga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga egalar;
- ushbu chiqarilayotgan aksiyalar qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab bir oy muddat ichida joylashtiriladi;
- joylashtirishni boshlanish sanasi – ushbu qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot va qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli huquqni amal qilish muddati toʻgʻrisidagi bildirishnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab 11 (oʻn birinchi) kuni. Agar bu muddat oʻtguniga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, joylashtirishni boshlash sanasi oxirgi ariza kelib tushgan kundan boshlab keyingi ish kunidan boshlanadi.
Agar joylashtirish sanasi dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, bankning hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun keyingi birinchi ish kuni joylashtirish sanasi hisoblanadi;
- joylashtirishni tugatish sanasi – ushbu chiqarilishdagi eng oxirgi aksiya joylashgan kun, lekin qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda;
- Aksiyalarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, uyushmagan (tashkillashtirilmagan) qimmatli qogʻozlar bozorida, fuqarolik-huquqiy bitim tuzish orqali amalga oshiriladi;
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish boʻyicha anderrayterlar jalb qilinmaydi;
- bank aksiyalarini olishda imtiyozli huquqga ega aksiyadorlar roʻyxati qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi yaʼni 2026-yil ________ holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reestri maʼlumotlari asosida tuziladi.
Bank aksiyalarini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish orqali imtiyozli huquqqa ega boʻlgan oʻz aksiyadorlariga aksiyalarni oʻziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda sotib olish taklifini bildiradi.
Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati bildirishnoma eʼlon qilingan kundan boshlab 10 (oʻn) kunni tashkil etadi.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddatidan avval jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, tugaydi.
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni bankka yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida bankka taqdim etilishi kerak.
Jamiyat imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaguniga qadar aksiyalarni ularni olish boʻyicha imtiyozli huquqqa ega boʻlmagan shaxslarga joylashtirishga haqli emas.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan tartibda jamiyat tomonidan realizatsiya qilinadi.
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
- Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish, shu jumladan imtiyozli xuquqqa ega aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirish 1 700 (bir ming yetti yuz) soʻmdan amalga oshiriladi;
- aksiyalar uchun toʻlovlar pul mablagʻlari bilan naqd va naqdsiz shaklda Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasiga asosan, aksiyalarning imtiyozli sotib olish huquqi amal qilish davrida toʻlovlar, yuridik shaxslar uchun naqdsiz shaklda – pul oʻtkazish yoʻli bilan, jismoniy shaxslar uchun naqd – bank kassasiga topshirish yoʻli bilan va naqdsiz shaklda – talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlari orqali, shu jumladan plastik kartochkalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin, bunda aksiyalar uchun pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladigan toʻlovlar “Turonbank” ATB Toshkent shahar bank xizmatlari markazining quyidagi hisob raqamiga qabul qilinadi:
H/r: 2983 0000 2000 0044 6354, MFO 00446, STIR 201 055 108;
Bank joylashgan manzil: Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4a uy.
Aksiyalar uchun naqd shakldagi toʻlovlar “Turonbank” ATBning barcha bank xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilinadi;
- aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, aksiyalar uchun toʻlangan pul mablagʻlari bank tomonidan 10 (oʻn) kun ichida aksiyadorlarga toʻliq qaytarib beriladi;
- bankning qoʻshimcha aksiyalari chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorining asli bilan Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4A-uyda joylashgan Bosh Bankda hamda nusxalari bilan bankning barcha bank xizmatlari markazlarida tanishish mumkin;
- qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborot Korporativ axborotlar yagona portalida (openinfo.uz), “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb saytida (www.uzse.uz) hamda “Turonbank” ATBning rasmiy veb saytida (www.turonbank.uz) qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etiladi.