1. “HAMKOR SUGʻURTA” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil faoliyati yakunlari boʻyicha jamiyat Boshqaruvi raisining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Jamiyat Boshqaruviga:
• 2026 yil uchun belgilangan biznes-reja koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, jamiyat faoliyatini samarali tashkil etish hamda belgilangan asosiy koʻrsatkich va parametrlarni toʻliq bajarilishini taʼminlash;
• kapitali monandligini taʼminlash, uning likvidlilik va resurs bazasini mustahkamlash, jumladan amaldagi iqtisodiy meʼyorlarga qatʻiy amal qilish;
• sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqqan holda yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, jumladan masofadan xizmat koʻrsatish tizimini sifatli va tezkorligini taʼminlash hamda jamiyat daromadliligini oshirish;
• jamiyat tuzilmalarini boshqarishda jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan samarali uslublarni qoʻllash;
• yangi sugʻurta mahsulotlari ishlab chiqish, sugʻurta bozorining oʻzlashtirilmagan mijozlarini egallashga alohida eʻtibor qaratish;
• muammoli aktivlarni, xususan bojxona bilan bogʻliq amaliyotlar natijasida yuzaga kelgan muammoli aktivlarni undirish borasida aniq, manzilli va samarali ish tashkil qilish;
• jamiyat faoliyati samaradorligini oshirishda barcha xodimlarning masʻuliyatini oshirish choralarini koʻrish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish topshirilsin.