2.1. “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qoʻshimcha chiqariladigan 128 352 000 000,00 (bir yuz yigirma sakkiz milliard uch yuz ellik ikki million) soʻmlik, 128 352 000 (bir yuz yigirma sakkiz million uch yuz ellik ikki ming) dona hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarni joylashtirish shartlari va tartibi quyidagicha tasdiqlansin:
- ushbu chiqarilishdagi egasining nomi yozilgan aksiyalar turi (oddiy yoki imtiyozli) – oddiy aksiyalar;
- ushbu aksiyalar chiqarilishining shakli – hujjatsiz;
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalarning nominal qiymati – 1 000,00 (bir ming) soʻm;
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalarning soni – 128 352 000 (bir yuz yigirma sakkiz million uch yuz ellik ikki ming) dona;
- ushbu chiqarilishning umumiy hajmi – 128 352 000 000,00 (bir yuz yigirma sakkiz milliard uch yuz ellik ikki million) soʻm;
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining usuli – ushbu chiqarilishdagi barcha aksiyalar Emitent aksiyadorlari oʻrtasida ularga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda 1:120 koeffitsiyentda taqsimlash (avval joylashtirilgan bir dona aksiya uchun bir yuz yigirma dona qoʻshimcha aksiya berish) orqali qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari tashkil etilmagan (uyushmagan) bozorida hech qanday fuqarolik – huquqiy bitimlar tuzmasdan yopiq obuna orqali joylashtiriladi;
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining muddati – chiqarilayotgan aksiyalar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan joylashtiriladi;
- aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – aksiyalar chiqariluvi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyingi 6 (oltinchi) ish kuni;
- aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – mazkur chiqarilishning soʻnggi aksiyasi joylashtirilgan kun. Biroq aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi, mazkur chiqarilishdagi aksiyalar davlat roʻyxatiga olingan sanadan boshlab 30 kundan oshmasligi lozim;
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining tartibi – aksiyalarni joylashtirish Emitent tomonidan mustaqil ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mazkur chiqarilishdagi barcha aksiyalar Emitent aksiyadorlari oʻrtasida, oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasini Emitent ustav fondini oʻz kapitali hisobiga oshirish uchun yoʻnaltirilgan qismini (dividendlarga nisbatan toʻlanadigan soliq chegirilgandan soʻng) kapitalizatsiya qilish hisobiga Emitent aksiyadorlariga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda 1:120 koeffitsiyentda taqsimlash (avval joylashtirilgan bir dona aksiya uchun bir yuz yigirma dona qoʻshimcha aksiya berish) orqali qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari tashkil etilmagan (uyushmagan) bozorida hech qanday fuqarolik – huquqiy bitimlar tuzmasdan yopiq obuna orqali joylashtiriladi.
Emitentning aksiyadorlari orasida qoʻshimcha aksiyalarni taqsimlash ushbu aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyingi 5 (beshinchi) ish kuni holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga muvofiq amalga oshiriladi.
Aksiyalar joylashtirilishi jarayonida anderrayterlar jalb qilinishi koʻzda tutilmagan.
- ushbu chiqarilishdagi joylashtirilayotgan aksiyalarni olishga boʻlgan imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi – ushbu chiqarilishdagi barcha aksiyalar Emitentning barcha aksiyadorlariga, ularga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanishi sababli imtiyozli huquqni qoʻllash koʻzda tutilmagan;
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi – ushbu chiqarilishdagi aksiyalar barcha aksiyadorlarga nominal qiymatida, yaʼni 1 000,00 (bir ming) soʻmdan joylashtiriladi;
- aksiyalarni toʻlash shartlari va tartibi – aksiyalarning qiymatini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, Emitentning oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasini Emitent ustav fondini oʻz kapitali hisobiga oshirish uchun yoʻnaltirilgan qismini (dividendlarga nisbatan toʻlanadigan soliq chegirilgandan soʻng), jami 128 352 000 000,00 (bir yuz yigirma sakkiz milliard uch yuz ellik ikki million) soʻm miqdoridagi oʻz mablagʻlarini kapitalizatsiya qilish orqali buxgalteriya hisobida tegishli yozuvlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
- ushbu aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda emitent tomonidan aksiyalar toʻlovi sifatida olingan vositalarni qaytarish tartibi – aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb tan olingan taqdirda, Emitent tomonidan ushbu holat toʻgʻrisida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda muhim fakt (qimmatli qogʻozlar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish xaqidagi muhim fakt – 28) haqidagi maʼlumot korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz) va Emitentning rasmiy veb-saytida (www.uzrvb.uz) eʼlon qilinadi.
Shuningdek, ushbu chiqarilishdagi aksiyalar toʻloviga yoʻnaltirilgan mablagʻlar (aktivlar) ushbu aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb tan olingan kundan boshlab 5 (besh) bank kuni ichida Emitent tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobida tegishli yozuvlarni kiritish orqali qaytariladi.