Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig'ilishi o’tkazilishi to’g’risida

"Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki
Дата публикации:08.06.2026 21:26
Дата собрания:30.06.2026, 10:00
Адрес:100011,Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi 2a-uy.

“Agrobank” ATB Kuzatuv kengashining 2026-yil 4-iyundagi Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlis qaroriga asosan 2026-yil 30-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Botir Zokirov ko‘chasi, 2a uy manzili bo‘yicha joylashgan bank Bosh ofisi binosida aksiyadorlarningnavbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

YIG‘ILISH KUN TARTIBI:

1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3. Bank Kuzatuv kengashining 2025-yil faoliyati yakunlari boʻyicha hisoboti.

4. Bank Boshqaruvining 2025-yil faoliyati yakunlari boʻyicha hisoboti.

5. Bankning 2025-moliyaviy yil yakuni boʻyicha MHXS asosida tayyorlangan yillik hisoboti va tashqi audit xulosasi, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobotini tasdiqlash.

6. 2025-yil yakuni boʻyicha bank foydasini taqsimlash va imtiyozli aksiyalarga dividend toʻlash toʻgʻrisida.

7. Bankning 2025-yil yakunlari boʻyicha Korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalari toʻgʻrisidagi hisobotini tasdiqlash.

8. Kuzatuv kengashi va uning qoʻmitalarining, kuzatuv kengashi raisi va a’zolarining 2025-yil faoliyati yakunlari yuzasidan mustaqil baholash natijalarini tasdiqlash.

9. Bank Kuzatuv kengashi a’zolari tarkibini qayta saylash.

10. Bankning 2026-yil faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.

11. Bankning afillangan shaxslari bilan kelgusida bank tomonidan kundalik xoʻjalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlarni ma’qullash.

12. Agrobank “Boshqaruvi toʻgʻrisida Nizom”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash.

13. Bankda islomiy bank faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida.

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2026-yil 24-iyun.

Umumiy yig‘ilishga qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma’lumot va hujjatlar bilan bank Bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10.00 dan 16.00 gacha tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (71) 202-80-08, ichki raqam 11089, 11903)

“Agrobank” ATB Kuzutuv kengashi

Информация об организации

Название:

"Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki

Короткое название:

"Agrobank" ATB

ИНН:

207243390

Адрес:

100011,Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi 2a-uy.