1.1. “OLTIN YULDUZ PLUS mikromoliya tashkiloti” mas’uliyati cheklangan jamiyatining resurs bazasini oshirish maqsadida jamiyat korporativ obligatsiyalarning uchinchi chiqariluvini muomalaga chiqarilishiga ruxsat berilsin.
1.2. Obligatsiyalarni muomalaga chiqarish miqdori, shartlari, muddatlari va obligatsiyalarning har biri bo’yicha to’lanadigan daromadlarni belgilash tartibi quyidagicha belgilansin:
- chiqarilishdagi obligatsiyalarning miqdorini jamiyatning oʻz kapitali miqdori doirasida belgilash uchun egasining nomi yozilgan foizli, hujjatsiz shaklda, 23 000 (yigirma uch ming) dona, nominal qiymati 1 000 000 (bir million) so’mdan bo’lgan, umumiy summasi 23 000 000 000 (yigirma uch milliard) so’m deb belgilansin;
- ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar joylashtirish usuli - yopiq obuna usulida Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki (STIR: 200242936, joylashgan yuridik manzili: Andijon shahri, Bobur shoh ko’chasi, 85-uy), “HAMKOR SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyati (STIR: 207009443, joylashgan yuridik manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shox koʻchasi, 7b-uy), “TRUST INSURANCE” aksiyadorlik jamiyati (STIR: 307184423, joylashgan yuridik manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Miron shoh koʻchasi, 6-tor ko’chasi, 18-uy) va “HBCapital” mas’uliyati cheklangan jamiyati (STIR: 300526870, joylashgan yuridik manzili: Andijon shahri, Bobur shoh ko’chasi, 53-uy)larga uyushmagan (tashkillashtirilmagan) birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida, fuqarolik-huquqiy bitimlarini tuzish orqali joylashtirilsin.
Ushbu chiqarilayotgan obligatsiyalarni joylashtirish muddatida yopiq obuna usulda joylashtirish nazarda tutilgan yuridik shaxsning nomi oʻzgargarsa, uning oʻzgargan nomi boʻyicha, yuridik shaxs tugatilsa yoki qayta tashkil etilsa, uning huquqiy vorislariga ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar tegishliligi boʻyicha joylashtirilishi mumkin.
- bitimlar xizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisi - “HBCapital” MCHJ tomonidan roʻyxatga olinsin;
- mazkur obligatsiyalarni joylashtirish jarayonida anderrayter sifatida “HBCapital” mas’uliyati cheklangan jamiyatini jalb etish va uning xizmatidan foydalanish ko’zda tutilsin;
- mazkur chiqarilishdagi obligatsiyalar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab bir yil davomida joylashtirilsin;
- obligatsiyalarni joylashtirishni boshlanish sanasi – mazkur obligatsiyalarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kun hisoblansin;
- obligatsiyalarning joylashtirishning tugash sanasi – chiqarilishning soʻnggi obligatsiya joylashtirilgan kun, biroq obligatsiyalarni joylashtirishni yakunlanish sanasi, mazkur chiqarilish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab bir yildan oshmaslik belgilansin;
- ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar joylashtirish bahosi nominal qiymatda, yaʼni 1 000 000 (bir million) soʻmdan joylashtirilsin;
- ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar uchun to’lovlar qimmatli qog’ozlarning uyushmagan (tashkillashtirilmagan) birjadan tashqari savdo qoidalariga muvofiq tuziladigan bitimlar asosida naqdsiz pul oʻtkazish yoʻli bilan hisob-kitoblarni amalga oshirilsin. Obligatsiyalar boʻyicha pulsiz vositalar bilan toʻlovlar koʻzda tutmasin;
- obligatsiyalar uchun toʻlovlar faqat pul mablagʻlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi - soʻmda amalga oshirilsin. Toʻlovlar pul oʻtkazish yoʻli bilan, naqdsiz shaklda amalga oshirilsin;
- obligatsiyalarning muomala muddatini – obligatsiyalar joylashtirilishi boshlangan sanadan 1080 (bir ming sakson) kun qilib belgilash. Mazkur muddat foizlarni to’lash maqsadida har bir 30 kunga teng boʻlgan 36 ta oraliq davrlarga bo’linsin;
- ushbu obligatsiyalarning har biri bo’yicha toʻlanadigan daromad miqdorini yillik (kupon stavkasi) 23 (yigirma uch) foiz qilib belgilansin;
- obligatsiya egasiga belgilangan muddat oralig’ida obligatsiyaning nominal qiymatidan (amaldagi soliq qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda foiz daromadidan to’lash manbaidan ushlab qolingan soliqni inobatga olgan holda) obligatsiyalarni chiqarish bo’yicha o’rnatilgan shartlarida foizli daromad olish huquqi berilsin;
- obligatsiyalar boʻyicha foizli daromadlar jamiyat tomonidan tegishli oraliq davrning oxirgi sanasida tuzilgan obligatsiyalar egalari reestrida ro’yxatdan oʻtgan obligatsiya egasiga to’lab berilsin, bunda:
• dastlabki sotib olinganda bitta obligatsiyaga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 va 12-chi oraliq davr uchun foizli daromad quyidagicha aniqlansin: Dn = N * Cn * (E - Ef) / 365, bunda:
Dn – obligatsiyalar bo’yicha hisoblangan foizli daromadlari;
N – obligatsiyaning nominal qiymati;
E – 30 kunlik joylashtirish davrlarning oxirgi sanasi;
Ef – hisoblangan oraliq davrdagi, obligatsiyaning sotib olingan sana;
Cn – obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi (yillik hisobda),
n-oraliq davrning tartib raqami (n=1, 2, 3, 4...12).
**Izoh: Foizli daromad miqdori bir tiyinga qadar aniqlik bilan belgilash.
• bir obligatsiyaga sotib olingandan keyingi har bir oraliq davr uchun yillik foizli daromad miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlansin: Dn = N * Cn * E / 365, bunda:
Dn – obligatsiyalar bo’yicha hisoblangan foizli daromadlari;
N – obligatsiyaning nominal qiymati;
E – 30 kunlik joylashtirish davrlarning oxirgi sanasi;
Cn – obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi (yillik hisobda), n-oraliq davrning tartib raqami (n=1, 2, 3,…36).
**Izoh: Foizli daromad miqdori bir tiyinga qadar aniqlik bilan belgilash.
1.3. Obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish ehtimoli va shartlarini belgilash tartibi quyidagicha belgilansin:
- obligatsiyalarni soʻndirish sanasi, joylashtirishni boshlanish sanasidan boshlab 1081 (bir ming sakson bir) kunga o’tgan kun hisoblansin;
- obligatsiyalarini muddatidan oldin so’ndirish, obligatsiyalar joylashtirilgan sanadan boshlab 360 (uch yuz oltmish) kundan ilgari soʻndirishni amalga oshirish mumkin emas deb belgilansin, bunda ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi, obligatsiyalarni joylashtirish muddatlarida joylashtirilmasligi, jamiyat o‘z kapitali miqdori kamaytirilganda va/yoki jamiyat qayta tashkil etilgan va tugatilish hollari mustasno deb belgilansin;
- obligatsiya egasi obligatsiyalarning 360, 390, 720, 750, 780, 810, 840, 870, 900, 930, 960, 990, 1020 va 1050 kunlar oraliq davrlari tugashidan kamida 10 (o’n) ish kunidan oldin jamiyatga ushbu obligatsiyalarni muddatidan oldin qisman soʻndirish boʻyicha ariza bilan murojaat qilish huquqi berilsin;
- jamiyat ustaviga muvofiq obligatsiyalarni muddatidan oldin jamiyat ixtiyori bilan qaytarib sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish jamiyat ishtirokchilarning umumiy yig'ilishi haqli ekanligi belgilansin;
- jamiyat obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish to’g’risida vaziyatlar yuzaga kelganda, obligatsiya egalarini 10 (o’n) bank ish kuni oldin yozma shaklda obligatsiya egalarining reestrida aks ettirilgan maʼlumotlari (manzillari) bo’yicha xabardor qilinsin;
- jamiyat obligatsiya egalariga obligatsiyaning nominal qiymati hamda unga hisoblangan foiz daromadlarini jamiyat ishtirokchilari qaror qabul qilgan kundan boshlab 10 (o’n) bank ish kuni ichida obligatsiya egalari reestrida ko’rsatilgan bank rekvizitiga o’tkazib berishni amalga oshirilsin;
- obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish boʻyicha Ishtirokchilarning umumiy yig'ilishi qarori qabul qilingan kunidan boshlab, mazkur obligatsiyalarga toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida ajratilgan kunlar uchun foizlar hisoblanmasin;
- obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish boʻyicha qaror qabul qilingan kundan 2 (ikki) ish kuni ichida korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz) ushbu fakt to’g’risida rasmiy xabarni eʼlon qilib, maʼlumotlarni obligatsiya egalariga yetkazilsin.
1.4. Obligatsiyalarni chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda jamiyat tomonidan obligatsiyalar uchun to’langan mablag’larning qaytarish tartibi quyidagicha belgilansin:
- obligatsiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 (ikki) ish kuni ichida Biznes Daily “Birja” gazetasida, shuningdek korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz) belgilangan tartibda oshkor qilinsin;
- obligatsiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan sanadan so’ng 10 (o’n) kun ichida obligatsiyalar egalarining reestri asosida, obligatsiyalar uchun to’langan mablagʻlar va foiz to’lovlarini qonunchilikda belgilangan tartibda investorlarga qaytarilsin;
- obligatsiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan paytdan eʼtiboran jamiyat ushbu qaror asosida chiqarilgan obligatsiyalar boʻyicha foizlarni hisoblash to’xtatilsin;
- jamiyat tomonidan obligatsiya egalariga obligatsiyalarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganidan so’ng, to’lovlarni amalga oshirish maqsadida ajratilgan kunlar uchun foizlar to’lanmasin.
1.5. Jamiyat tomonidan obligatsiya egalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishiruvchi to’lov agenti quyidagicha belgilansin:
- jamiyat obligatsiya egalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishiruvchi toʻlov agenti sifatida AT “Aloqabank” Bosh ofisida (MFO: 00401, x/r: 2021 6000 2046 5741 1001) ochilgan hisob raqam orqali to’lovlar amalga oshirilsin;
- chiqarilishdagi obligatsiyalar boʻyicha, obligatsiya egalari bilan hisob-kitoblarni naqd pulda to’lanishini koʻzda tutilmasin.