“Dori-Darmon” AK korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotlarni tanlash bo‘yicha TANLOV e’lon qiladi.
Korporativ Boshqaruv Kodeksida belgilangan tashkilotlar tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.
Tanlovdagi takliflar quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi:
- Korporativ boshqaruv tizimida o‘tkazilgan baholashning dastlabki qiymati bilan tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ishtorokchisining taklifi;
- Davlat ro‘yhatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning, jumladan (auditorlik tashkilotlari uchun berilgan auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professionallik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarining) nusxalari;
- Auditorning malaka sertifikati, qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati, korpotariv boshqaruvning malaka sertifikati va boshqa xalqaro sertifikat nusxalari;
- Korporativ boshqaruv tizimining baholash usuli va baholash hisoboti andozalari;
- Kompaniya korporativ boshqaruv tizimi baholanishida ishtirok etuvchi mutaxassislarning tegishli hujjatlari nusxalsrini taqdim etish bilan birga ular to‘g‘risidagi ma’lumotlari.
Kompaniyada korporativ boshqaruv tizimi baholanishining o‘tkazilish davri – 2022 yil.
Tanlovda ishtirok etish uchun
takliflarni berish muddati: 2023 yil 15 martdan
01 aprel soat 12-00 gacha.
Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni quyidagi manzilga taqdim etish mumkin: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Chorsu maydoni, 21-uy, “Dori-Darmon” AK ma’muriy binosi.
Baholashni to‘liq yakunlash bo‘yicha muddat 1 oy.
Telefon: (71) 281-41-74
Belgilangan muddatlardan keyin yuborilgan takliflar tanlovda ishtirok etmaydi.
Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him