+998 71 203-00-50        Uzbekistan, Tashkent. Istiklal str. 29, 100017
"DORI-DARMON" AKSIYADORLIK KOMPANIYASI

АУДИТОРЛИК ТАШКИЛОТЛАРИ ДИҚҚАТИГА!
Дата раскрытия: 16.03.2023   
Дата опубликования модератором*: 16.03.2023   

AUDITORLIK TASHKILOTLARI DIQQATIGA!

“Dori-Darmon” AKning 2023 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini milliy hamda xalqaro standartlarga muvofiq audit tekshiruvidan o‘tkazilishi bo‘yicha tashqi auditorlik tashkilotini tanlash uchun TANLOV e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan auditorlik tashkilotlari:

- o‘z faoliyatini “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq olib borishi;

- auditorlik faoliyatini kamida 5 yil davomida amalga oshirib kelishi;

- tashkilot shtatidagi xodimlar tarkibida asosiy ish joyi hisoblangan 5 yildan ortiq davrda Moliya vazirligi tomonidan umumiy audit sohasida berilgan malaka sertifikatlariga ega hamda 5 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lgan kamida 4 nafar auditorlar, shuningdek kamida 2ta BHXSga muvofiq xalqaro sertifikatlarga ega auditorlar mavjudligi;

- kamida 3 000 000 000 (bir milliard) so‘m miqdorida auditorning kasbiy javobgarligi sug‘urtasining mavjudligi;

- oxirgi 3-yil davomida BHXS sohasida 5 ta muvafaqqiyatli loyihalar (moliyaviy hisobotlarni BHMSdan BHXSga o‘tkazish, BHXSga muvofiq moliyaviy hisobot auditi) amalga oshirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi;

- oxirgi 3 yil davomida (2019-2021) O‘zbekiston Respublikasi auditorlik tashkilotlarining reytingining birinchi beshligidan past bo‘lmagan o‘rin egallashi.

Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:

- Ishtirokchining tanlovda ishtirok etish bo‘yicha taklifi va auditorlik tekshiruv o‘tkazishining dastlabki qiymati;

- Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning nusxasi;

- Auditorlik kompaniyasi to‘g‘risida ma’lumot;

- Auditorlik kompaniyaning eng yirik mijozlari ro‘yhati va sohada tegishli ish tajribasi;

- Auditorning malaka sertifikatlari va boshqa xalqaro sertifikatlar nusxalari;

- Sug‘urta polisining nusxasi;

Tanlovda qatnashish uchun tijorat takliflari yopiq muhrlangan konvertda
01.04.2023 yilgacha qabul qilinadi.

Auditorlik tashkilotini tanlash masalasi kompaniyaning kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya qilingan nomzodlar asosida aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.

Takliflar yuborish uchun manzil:

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Chorsu maydoni, 21-uy, “Dori-Darmon” AK ma’muriy binosi.

Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Telefon: 71 281-41-74

www.doridarmon.uz

Belgilangan muddatlardan keyin yuborilgan tijorat takliflari tanlovda ishtirok etmaydi. “Dori-Darmon” AK ma’muriyati

16.03.2023

Link to the announcement on the website of the issuer

Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him

   48    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
General Statistics
Количество эмитентов ПО ГОДАМ
ТОП 4 СУЩЕСТВЕННЫХ ФАКТОВ
General Statistics
  • Total issuers
    634
    1. ➡   JSC
      612
    2. ➡   LLC
      22
  • Issuers disclosed information
    814
  • Total disclosures
    58272
  • Essential facts
    43827
  • Prospectuses
    207
  • Quarterly reports
    11834
  • Annual reports
    3417
  • Charters
    1865