O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoyaqilish to‘g‘risida»gi Qonunning 40-moddasi talablariga ko‘ra, “O‘zElektroterm” AJ aksiyadorlarining 27.12.2022 yildagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan chiqarilgan qarorlar yuzasidan norozi bo‘lgan aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismini jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
O‘zlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Shunga ko‘ra, jamiyat aksiyadorlari o‘zlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olish jamiyat aksiyalarining 25.02.2022 yil holatiga aniqlangan bozor qiymati (kotirovka) bo‘yicha 10607,66 so‘m qiymati bo‘yicha qonunda belgilangan talablar va 01.04.2023 yil kuniga qadar qaytarib sotib olish bo‘yicha murojaatlar qabul qilinadi.
Aksiyalarni qaytarib sotib olish «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishto‘g‘risida»gi Qonunning 40 va 41-moddasi talablarini inobatga olgan xolda amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Namangan shaxar 8-mart ko‘chasi 3-uyda joylashgan jamiyat bosh ofisi binosidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘limiga murojaat qilishlaringiz mumkin. Tel 99888-688-88-33.
Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him