71 203-00-50
"O'ZDONMAHSULOT" AKSIYADORLIK KOMPANIYASI

XALQARO TAMOYILGA MUVOFIQ “RIOYA ET YOKI TUSHUNTIR” (“COMPLY OR EXPLAIN”) E'LON
Дата раскрытия: 18.03.2022   
Дата опубликования модератором*: 18.03.2022   

XALQARO TAMOYILGA MUVOFIQ “RIOYA ET YOKI TUSHUNTIR (COMPLY OR EXPLAIN)

E'LON

"O'zdonmahsulot" AK (bundan buyon matnda – kompaniya deb yuritiladi) aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha komissiya majlisining 2016 yil 24 iyundagi yagona aksiyador qarori bilan qabul qilingan 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksining (keyingi o'rinlarda Kodeks deb yuritiladi) tavsiyalariga ixtiyoriy ravishda amal qilib, biznesni halol va oshkora saqlashga bo'lgan sadoqatini namoyish etadi.

Kodeksning 11-bandiga binoan, Kodeksning alohida tavsiyalariga rioya qilish imkoni bo'lmasa, kompaniya "comply or explain" ("rioya et yoki tushuntir") xalqaro tamoyiliga muvofiq uning sabablarini batafsil bayon qiladi.

Kodeksining tavsiyalari Tushuntirish
Kodeks 15-bandining 4-xatboshi:

aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan mustaqil professional maslahat tashkilotlarini jalb etgan holda, biznes-jarayonlar va loyihalarning AJni rivojlantirish maqsadlariga muvofiqligini yillik tahlil qiladi.

Mustaqil professional maslahat tashkilotlarini biznes jarayonlari va loyihalarning rivojlanish maqsadlariga muvofiqligini har yili tahlil qilish uchun jalb qilish masalasi batafsil o'rganishni talab qiladi.
Kodeks 20-bandining 15-xatboshi:

ijroiya organi, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a'zolari, shuningdek auditorlik tashkiloti vakilining aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etishini ta'minlaydi.

Barcha oddiy aktsiyalar bir shaxsga tegishli ekanligi sababli – yagona aktsiyadorga aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilmaydi.
Kodeks 25-bandining 5-xatboshi:

AJ kuzatuv kengashi huzurida tegishli masalalar bo'yicha qo'mitalar (ishchi guruhlar) tashkil etadi, shu jumladan, kuzatuv kengashi a'zolari, ijroiya organi, AJ xodimlari va jalb etilgan ekspertlar (tegishli soha mutaxassislari, tegishli oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari va boshqalar) orasidan nizoli vaziyatlarni aniqlash va hal qilish.

Kompaniya audit qo'mitasi va boshqa qo'mitalarni tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar ko'radi.
Kodeks 25-bandining 11- xatboshi:

AJning biznes tavakkalchiliklarini va ijro etuvchi organning mas'uliyatini sug'urtalaydi.

Sug'urta kompaniyalari xizmatlari orasida biznes tavakkalchiligini sug'urtalash va ijro etuvchi javobgarligi yo'q. Kelajakda bunday sug'urta turlarini taqdim etishda kompaniya tegishli sug'urta bo'yicha choralar ko'radi.
Kodeks 29-bandining 3-xatboshi:

AJning amaldagi tashkiliy tuzilmasining qonun hujjatlarida tasdiqlangan namunaviy tuzilmaga muvofiqligini muntazam baholash tashkil etiladi.

Kompaniya kelgusida qonun hujjatlarida tasdiqlangan kompaniyaning amaldagi tashkiliy tuzilmasiga muvofiqlikni muntazam baholashni tashkil etish choralarini ko'radi.
Kodeks 31-bandining 3-xatboshi:

taftish komissiyasi a'zolari, ichki audit xizmati, kuzatuv kengashi, AJ mas'ul mansabdor shaxslari va jalb etilgan ekspertlar (zarur hollarda) AO ning XMHS muvofiq moliyaviy hisobotni oshkor etishga o'tish masalalari bo'yicha ishchi guruh tuziladi.

Kompaniya kompanuyaga XMHS muvofiq moliyaviy hisobotlarni oshkor etishga o'tish masalalari bo'yicha tegishli ishchi guruh tuzish choralarini ko'radi.
Kodeks 31-bandning 4-xatboshi:

auditorlik yoki konsalting tashkilotlari XMHS va xalqaro audit standartlari asosida axborotni oshkor etishga o'tish bo'yicha professional xizmatlarni ko'rsatish uchun jalb qilinadi.

Kompaniyaning XMHS va xalqaro audit standartlari asosida axborotni oshkor etishga o'tish bo'yicha professional xizmatlarni ko'rsatish uchun auditorlik yoki konsalting tashkilotini jalb qilish masalasi batafsil o'rganishni talab qiladi.
Boshqa rioya etilmagan tavsiyalari Agar kelajakda tavsiyalarga rioya qilish imkoniyati mavjud bo'lsa, kompaniya ularga rioya qilish uchun choralar ko'radi.
18.03.2022

Link to the announcement on the website of the issuer

Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him

   218    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)

Events

Mn Tu We Th Fr St Su
General Statistics
  • Total issuers
    622
  • Issuers disclosed information
    725
  • Total disclosures
    38989
  • Essential facts
    28738
  • Prospectuses
    159
  • Quarterly reports
    7871
  • Annual reports
    2221
  • Charters
    1263