71 203-00-50
"HUDUDGAZTA'MINOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI

“HUDUDGAZTA’MINOT” AKSIYADORLIK JAMIYATI KORPORATIV MASLAHATCHISI LAVOZIMIGA TANLOV E’LON QILADI
Дата раскрытия: 13.01.2022   
Дата опубликования модератором*: 13.01.2022   

Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati korporativ maslahatchisi lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Maslahatchi nomzodiga qo‘yilgan malakaviy talablar:

nomzod yuridik yoki iqtisodiyot yo‘nalishida oliy ma’lumotga, kamida 3 yillik, shu jumladan ushbu yo‘nalishda rahbarlik lavozimida kamida 2 yillik ish tajribasiga, korporativ boshqaruv va korporativ huquq sohasida amaliy bilimga ega bo‘lishi;

nomzod O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi korporativ boshqaruvining malaka attestatiga ega bo‘lishi shart.

Qo‘shimcha talablar: rus va ingliz tillarini bilishi ma’qullanadi.

Maslahatchining asosiy vazifalari:

- Jamiyatning korporativ hujjatlarining amaldagi qonunchilikka mosligini o‘rganadi, agarda qonunchilikka zid holatlar mavjud bo‘lsa, ularni yo‘q qilish uchun Kuzatuv kengashiga takliflar kiritadi;

- Korporativ boshqaruv va nazorat organlari, shuningdek Jamiyatning yetakchi mansabdor shaxslari faoliyatini xatti-harakatlarning korporativ standartlarga va ijro intizomi talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;

- Affillangan shaxslar to‘g‘risida va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishning qonun bilan belgilangan tartibi o‘rganib chiqib, maslahatlar beradi;

- Korporativ boshqaruv masalalari bo‘yicha hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi va ular bo‘yicha tavsiyalar beradi yoki ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- Korporativ hujjatlar aylanishini hamda rasmiylashtirishni tashkil etishda uslubiy yordam beradi;

- Korporativ boshqaruv va nazorat organlari a’zolari, shuningdek aksiyadorlar yoki ularning vakillarining iltimosiga binoan korporativ qonunchilik va korporativ boshqaruvning eng yaxshi amaliyotlarini amalga oshirish bo‘yicha maslahatlashadi, korporativ nizolarni hal qilish jarayonida ishtirok etadi;

- Korporativ boshqaruv tamoyillarini amalga oshirish to‘g‘risida takliflarni tayyorlaydi va kuzatuv kengashiga kiritadi;

- Jamiyatda amalga oshirilayotgan korporativ masalalar qonunchilikka rioya qilinganligi to‘g‘risida kuzatuv kengashiga hisobot beradi va korporativ maslahatchi xulosasini taqdim etadi;

- Kuzatuv kengashining alohida buyruqlari bo‘yicha maslahat ishlarini bajaradi;

- Jamiyat Kuzatuv kengashi va umumiy aksiyadorlar yig‘ilishlarini tashkil qilishda, shuningdek bayonnoma tuzishda hamda zarur materiallarni tayyorlashda uslubiy yordam beradi.

Maosh:Shartnomaga asosan.

Bandlik:Shartnomaga asosan.

Ish manzili: Toshkent shahri.

Hujjat (rezyume) elektron tarzda qabul qilinadi.

Manzil:info@hududgaz.uz

Qabul qilish muddati: 2022 yil “31” yanvar soat 18:00 gacha.

Aloqa uchun telefon:+99871 281 16 68 (ichki 287), +99899 706 55 77.

13.01.2022

Link to the announcement on the website of the issuer

Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him

   118    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)

Events

Mn Tu We Th Fr St Su
General Statistics
  • Total issuers
    622
  • Issuers disclosed information
    725
  • Total disclosures
    38989
  • Essential facts
    28738
  • Prospectuses
    159
  • Quarterly reports
    7871
  • Annual reports
    2221
  • Charters
    1263